Madridning “Real” klubining ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin navbatdagi transfer oynasida klubini o‘zgartirmoqchi.
Yaqinda "Los-Blankos" bilan shartnomasini 2030 yilning yoziga qadar uzaytirgan 25 yoshli darvozabonni o‘yin amaliyotining kamligi qoniqtirmayapti. Andrey o‘zini asosiy jamoada barqaror o‘ringa loyiq deb hisoblamoqda. "Qirollik klubi" ukrainalik futbolchini sotishga tayyor, ammo 50 million yevrolik narx barcha potensial da’vogarlarni qo‘rqitishi mumkin.
Joriy mavsumda Andrey poytaxtliklar safida La Liga va Chempionlar ligasida 5 ta o‘yin o‘tkazdi. U oxirgi marta bir oy oldin maydonga tushgan, o‘shanda Anchelotti shogirdlari La Ligada o‘z uyida "Osasuna"ni mag‘lub etishgan (4:0).