Shanba kuni «Vest Xem» jamoasi hujumchisi Maykl Antonio yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berdi. «The Sun» nashrining sahifalarida voqeaning ba’zi tafsilotlari oshkor qilingan. Manbaga ko‘ra, Antonio boshqaruvidagi «Ferrari» daraxtlar bilan to‘qnashib ketgan. Natijada futbolchi mashina ichida tiqilib qolgan - voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar Mayklni chiqarish uchun taxminan 45 daqiqa vaqt sarflashgan.
Antonio kasalxonaga vertolyotda olib ketilgan. Futbolchi hushida edi va gapira olardi, biroq u olishi mumkin bo‘lgan jarohatlar haqida hech narsa xabar qilinmagan.
2024/2025 yilgi mavsumning 15 ta o‘yinida Maykl Antonio bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.