"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubining germaniyalik yarim himoyachisi Feliks Nmechani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CaughtOffside yozadi.
Qayd etilishicha, Dortmund klubi futbolchini kamida 40-45 million yevroga sotishga tayyor. Futbolchini, shuningdek, "Nyukasl", "Aston Villa" va boshqa bir qator Premyer-liga klublari ham kuzatib borishmoqda. Nemisning klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Feliks Nmecha joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 19 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda u uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.