OAV xabariga ko‘ra, "RB Leypsig" rahbarlari murabbiyni almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Germaniya jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag hisoblanadi. Niderlandiyalikning bu lavozim uchun kurashdagi raqibi angliyalik Grem Potterdir. "RB Leypsig" agar natijalarini yaxshilamasa, Marko Rozeni iste’foga chiqaradi.
Bundesliganing 13-turidan keyin “RB Leypsig” to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 24 ochko bor. Chempionlar ligasida “buqalar” besh o‘yindan buyon bir ochko ham ololmadi va 34-o‘rinda bormoqda.