"Roma" himoyachisi Janluka Manchini "Lechche" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:1) fikr bildirdi.
"Biz A Seriyada yetakchilardan ortda qoldik, bunga o‘zimiz aybdormiz, shuning uchun bugungi uch ochko muhim edi.
Yangi murabbiy qo‘l ostidagi birinchi o‘yindanoq yaxshilanishlar va ijobiy tomonlarni ko‘rdim. Biz doimo ijobiy tomonlarga e’tibor qaratishimiz va kuchayishda davom etishimiz kerak", – dedi Manchini.