Fil Jons "Manchester Yunayted"ning "Nottingem Forest"dan uchralgan mag‘lubiyati haqida gapirdi.
"Men Onanani biroz oqlamoqchiman va to‘p o‘z trayektoriyasini o‘zgartirganini aytmoqchiman, ammo u o‘sha to‘pni qaytarishi kerak edi.
U [Amorim] jamoasining qanday o‘ynashini aniq tushunganga o‘xshaydi. U o‘yinchilarning to‘p bilan va to‘psiz qanday harakat qilishlari haqida o‘z fikrlarini aniq aytib beradi. Bu vaqt talab etadi. Uning o‘zi o‘z uslubini joriy qilish vaqt talab qilishini aytdi.
Agar shunday gollarni o‘tkazib yuborishda davom etsangiz va belgilangan vazifalarni bajara olmasangiz, natijaga erishishingiz qiyin bo‘lib qoladi”, dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Sky Sports nashriga.