"Bavariya" futbolchisi Kingsli Koman Bundesliga doirasidagi "Xaydenxaym"ga qarshi o‘yinda (4:2) jarohat oldi.
Fransiyalik futbolchi 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 92-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bild xabariga ko‘ra, "Bavariya" vingeri mushaklari zo‘riqishi tufayli bu yil qolgan uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
10 dekabr kuni Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasida "Shaxtyor"ga qarshi bahs olib borishsa, 14 va 20-kunlarda Bundesligada "Mayns" va "RB Leypsig" klublari bilan to‘qnash kelishadi.