"Nottingem Forest" ustozi Nunu Eshpiritu Santu "Old Trafford"dagi 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Yigitlar ajoyib tarzda harakat qilishdi. Erta kiritilgan gol o‘yinga ta’sir qildi - shundan keyin biz yaxshi bo‘ldik.
Ikkinchi bo‘limning boshlanishi ham omadli keldi. Jamoa yaxshilanishda davom etmoqda. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, ammo yutuqlarimiz quvonarli.
Biz mashg‘ulotlarda standart vaziyatlar ustida ko‘p ishlaymiz. O‘ylaymanki, bugungi o‘yinda biz yaxshiroq ko‘ringan yagona narsa bu qarshi hujumlar edi", - deya Eshpiritu Santuning so‘zlarini keltirgan BBC.