"Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubidan to‘lovlarni olishda davom etmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Messidan tashqari "Barselona" hamon Xordi Alba va Serxio Busketsga maosh to‘lamoqda.
Qayd etilishicha, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati joriy mavsum yakuniga qadar futbolchilar oldidagi barcha qarzlarni to‘lab beradi.