"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
London klubi bu ma’lumotni tasdiqladi, biroq hozircha hech qanday ma’lumot bermadi.
"Klubdagi barchaning fikrlari va duolari Maykl, uning oilasi va do‘stlariga qaratilgan. Klub yangilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida e’lon qiladi", — deyiladi “bolg‘achilar” bayonotida.