Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Vengriya bilan Millatlar ligasi o‘yinidan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv bugun, 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Biz Vengriya terma jamoasini kuzatib bordik, ammo bu qanday o‘yin bo‘lishini aytish qiyin. G‘alaba cho‘ntagimizda, deb oldindan o‘ylay olmaymiz. O‘z imkoniyatlarimizni sabr bilan kutishimiz va raqib hujum qilganda o‘zimizni himoya qilishimiz kerak", - deydi Kuman.
Niderlandiya ikki o‘yinda to‘rt ochko bilan 3-guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda.