Fabio Kapello "Milan"ning "Atalanta"ga qarshi o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, Paulo Fonseka bahsga noto‘g‘ri yondashganini aytdi.
"Pulishich jarohatidan so‘ng, o‘zini ko‘rsata olmadi. Buni Loftus-CHik haqida ham aytish mumkin. Menimcha, bu o‘yin uchun noto‘g‘ri yondashildi.
"Milan uchun bu mag‘lubiyat og‘ir bo‘ldi. Buni men emas, turnir jadvali aytib turibdi. Fonseka hozirda Gasperinidan 12 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasi zonasigacha bo‘lgan masofa tashvish uyg‘otadi.
Hali erta ekan deya takrorlash oson. Keyingi mavsumda A Seriyada beshta jamoa qatnashmasligi mumkin", – dedi Kapello.