Ronald Arauxo jarohatidan tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirdi.
"Barselona” himoyachisi Urugvay terma jamoasi tarkibida Braziliyaga qarshi Amerika kubogi chorak final uchrashuvida o‘ng sonidan jarohat olgan edi.
"Qayta tiklanish jarayoni juda yaxshi ketmoqda va bu meni xursand qiladi. Bu safar oson bo‘lmadi, lekin men ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ko‘p narsalarni o‘rgandim.
"Barselona"da besh ajoyib yil o‘tkazdim va men juda xursandman, chunki ular tajriba va saboqlarga boy edi.
Jamoamizdan mamnunman. Ayniqsa, La Ligada yaxshi start olish muhim edi, chunki bu uzoq poyga. Hali uzoq yo‘l bor, lekin hozircha hammasi yaxshi ko‘rinadi. Maqsad - bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish", - dedi “Barselona” himoyachisi.