Ibrohima Konate o‘zining va Muhammad Salohning kamsitilishi haqida gapirdi.
“Fransiya terma jamoasida o‘ynaganim qayg‘uli tajribadan qochishimga to‘sqinlik qilmaydi. Misol uchun, aeroportda Liverpulga qaytganimda, oldinda bo‘lishim va tezroq o‘tishim uchun biznes-klass chiptasini olaman.
Sharl de Goll aeroportiga yetib kelganimda, hali chiptaga ham qaramagan xodim meni boshqa qatorga [ekonom-klassga] yo‘naltiradi. Nega? Biznes-klassda men kabi odamga joy yo‘q ekan.
Bir kuni Saloh Parijga keldi va aeroportdagilar uning kimligini bilishmadi. Do‘konda xodimlar u bilan gaplashishdi... Aytaylik, kamsituvchi ohangda.
Muhammad Saloh nihoyatda sabrli inson va bunday vaziyatlarga hech qanday munosabat bildirmaydi. U o‘z qadr-qimmatini biladi va biz yashayotgan dunyoni boricha qabul qildi. Sayohatchi uni taniganida, xodimlarning ohangi tubdan o‘zgardi: “Oh, janob Saloh, sizga nima kerak?”.
Bizda hurmatga sazovor bo‘lish uchun siz mashhur odam bo‘lishingiz kerak", - dedi "Liverpul" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi.