Angliya Premyer-ligasining 2024/2025-yilgi mavsumi 15-turidan o‘rin olgan “Everton” – “Liverpul” uchrashuvi bo‘ron tufayli qoldirildi.
Bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida "Everton" matbuot xizmati xabar berdi.
"Bugungi Mersisayd derbisi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi", - deyiladi "Everton" xabarida.
6-dekabr, juma kuni meteorologlar shanba kuni kutilayotgan ob-havo xavfining sariq darajasini e’lon qilishdi. Chempionship, 2-liga va Uels chempionatidagi bir nechta o‘yinlar allaqachon bo‘ron tufayli qoldirildi.