"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan "Lechche"ga qarshi o‘yin oldidan individual mashg‘ulot o‘tkazdi.
Ukrainalik futbolchi o‘yinni zaxirada boshlashi yoki umuman o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bunday holatda hamyurtimiz Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.
Avvalroq, "Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Dovbik "Atalanta" bilan o‘yinda jarohat olgani va "Lechche" bilan uchrashuvga tayyor bo‘lmasligi mumkinligini aytgandi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Roma" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.