"Fiorentina" yarim himoyachisi Edoardo Bove "Inter"ga qarshi o‘yinda yurak xurujiga uchradi, shifokorlar kardioverter-defibrilator implantasiyasini tavsiya qilishdi.
Bove proseduraga rozi bo‘ldi, ammo demak u Italiyada endi professional futbol o‘ynay olmaydi.
MRT tekshiruvida 22 yoshli futbolchining yuragi chap qorinchasida chandiqlar borligi aniqlangan va bu o‘yin vaqtida yurak to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin edi. Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun shifokorlar yurak stimulyatori o‘rnatishni tavsiya qilishdi.
Ammo Italiya qonunchiligiga ko‘ra, yurak stimulyatori o‘rnatilgan futbolchilar kontaktli sport turlari bilan shug‘ullana olmaydi.