"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska uning jamoasi Koul Palmerning muvaffaqiyatiga avvalgidek bog‘liq emasligiga ishonch bildirmoqda.
22 yoshli hujumkor yarim himoyachining statistikasi o‘z-o‘zidan dalolat beradi: joriy Premyer-liganing 14ta o‘yinida u 9ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq, Mareskaning so‘zlariga ko‘ra, Palmerga avvalgi qaramlik endi yo‘q.
"Biz bu mavsumda Koulga kamroq ishonamiz va biz juda mamnunmiz. Yodingizda bo‘lsa, birinchi matbuot anjumanimda biz har bir o‘yinda Palmerga tayana olmasligimizni aytgandim, chunki bu to‘g‘ri emas. U futboldan zavq olishi kerak", - deya "Chelsi" ustozi so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.