Taniqli insayder Fabrisio Romano Alfonso Devisning "Bavariya"dagi hozirgi holati haqida ma’lumot berdi.
Bundesliga giganti chap qanot himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Amaldagi shartnoma 2025 yilning yozida tugaydi. Kanadalik futbolchiga "Real" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda va uni erkin agent sifatida o‘z safida ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Turli mish-mishlarga ko‘ra, Devis "Bavariya" bilan kelishuvga yaqinlashib qolgan, boshqa manbalar esa futbolchining boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish niyati haqida xabar berishmoqda.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli lateralning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. U kelasi mavsumda qayerda o‘ynashni rejalashtirayotgani haqida hali bir qarorga kelmagan. Vaziyatda har qanday natija mumkin.