Madridning "Real" klubida markaziy himoyachi David Alabaning o‘yin holati borasida xavotirlar kuchaymoqda.
32 yoshli futbolchi qariyb bir yil oldin xoch bog‘lamidan jarohat olgandi, u safga qaytishga yaqin turibdi. Biroq, Relevo xabariga ko‘ra, avstriyalik futbolchining tayyorgarligi jiddiy savollar tug‘dirmoqda: "Real Madrid" Alabaning ahvolidan juda xavotirda - klub futbolchini hozircha yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olmaydi, deb hisoblamoqda.
David Alabaning maydonga qaytishi yangi yil boshida rejalashtirilgan edi. Karlo Anchelotti yaqin oylarda tajribali markaziy himoyachiga ishonadimi yoki yo‘qmi, buni ko‘rish kerak.