«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jarohatidan tiklanib, safga qaytdi. Xans-Diter Flik 25 yoshli futbolchi qachon tarkibga qaytishini aytdi.
«Arauxoning tiklanish jarayoni deyarli yakunlandi. «Leganes»ga qarshi o‘yinda uni asosiy tarkibda tushirmoqchimiz», - dedi nemis mutaxassisi.
«Barselona» ertaga La liga doirasida «Betis» mehmoni bo‘ladi.