Huquqlari "Boka Xuniors"ga tegishli bo‘lgan argentinalik yarim himoyachi Kristian Medina Italiya chempionatiga o‘tishi mumkin.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Milanning "Inter" klubi 22 yoshli markaziy yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
"Neradzurrilar" futbolchi uchun kurashda Istanbulning “Fenerbaxche” va “Portu” klublari bilan raqobatlashmoqchi.
Medinaning "Boka Xuniors" bilan shartnomasi 2027 yilning oxirigacha amal qiladi.