Jan Pyero Gasperini A Seriyada noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.
Mutaxassis boshchiligida “Atalanta” o‘tgan oydagi uchta o‘yinda ham g‘alaba qozongan (“Napoli” bilan 3:0, “Udineze” bilan 2:1 va “Parma” bilan 3:1). Yakuniy natijada 29 noyabrdan 2 dekabrgacha bo‘lib o‘tgan 14-tur o‘yinlari ham hisobga olindi va unda bergamoliklar “Roma” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Atalanta” 31 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.