Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rayan Babel Erik ten Xagning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Ten Xag ajoyib murabbiy ekanini bilaman, u futbolni juda yaxshi tushunadi, lekin yana takror aytaman, Premyer-liga Niderlandiya futboliga umuman o‘xshamaydi, Premyer-ligada bu tamoyillar asosida o‘ynash har doim ham to‘g‘ri kelmaydi.
Angliya chempionatida moslasha olish kerak. Zaxira rejangiz bo‘lishi kerak. Uning borligiga ishonchim komil emas. O‘ylashimcha, niderlandiyalik o‘z rejasiga haddan tashqari berilib ketdi va hamma narsa unga zid bo‘lsa ham uni amalga oshirishga harakat qildi. Aynan shunday bo‘lganiga ishonaman. Albatta, sizning hamyurtingizning bunday mag‘lubiyatini ko‘rish juda achinarli, ammo ishonchim komilki, Erik yana qaytadi", - dedi Babel.
APLning 14-turidan keyin “Manchester Yunayted” 19 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Hozir jamoani Ruben Amorim boshqarmoqda.