Flik "Barselona"ning ikki futbolchisiga jamoani tark etishi mumkinligini aytdi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ansu Fati va Erik Garsiyaga jamoani tark etishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Kataloniyaning Sport.es nashri yozmoqda.
Nemis murabbiyi jarohat va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yuborgan futbolchilar bilan hisoblashmaydi. Ansu Fatining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Qanot futbolchisi jamoa safida yettita o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi.
Erik Garsiyaning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachi joriy mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.