«Real» prezidenti Florentino Peres yaqinda Superliga loyihasi ishga tushishiga ishonch bildirdi. «Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, Superliga tashkilotchilari turnir ustida ishlamoqda. Klublar bilan aloqalar juda samarali bo‘ldi - 60 ga yaqin jamoa allaqachon loyihada ishtirok etishga rozi bo‘lgan. Ayni qaysi klublar haqida gap ketayotgani oshkor etilmagan. Shu bilan birga, Superliga Yevropaning yuzdan ortiq klublari bilan bog‘langan.
Avvalroq Florentino Peres Yevropa futboliga ko‘proq top-matchlar kerakligini aytgan edi. Misol tariqasida u «Real»ning Angliya jamoalari bilan Chempionlar ligasida kam uchraydigan uchrashuvlarini keltirgan.