Hakim Ziyesh bir yarim yildan beri Turkiya Superligasida o‘ynamoqda. Marokashlik "Galatasaroy"ning asosiy o‘yinchisi, ammo u bosh Yevropa klublarining kuzatuvida qolmoqda.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, Xorxe Sampaoli 31 yoshli vingerga ko‘z tikkan va hujumini kuchaytirish uchun qishda uni sotib olmoqchi.
"Renn" mavsumni kuchsiz o‘tkazmoqda (12-o‘rin), shu bois argentinalik mutaxassis jamoasini qayta yig‘moqchi.
Joriy mavsumda Hakim 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.