"Barsa" Negreyraga avvalroq aytilganidan deyarli million yevro ko‘proq to‘lagan.
AS xabar berishicha, hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidentining "Barselona"dan olgan pul miqdori ko‘proq qilib ko‘rsatildi. Bu summa dastlab 7,5 million yevroga baholangan bo‘lsa, yangi ma’lumotlarga ko‘ra 8 389 599,73 yevroni tashkil etadi.
Hisobotda aytilishicha, pul cheklar va naqd pul yechib olish tarzida olingan. Fuqarolik gvardiyasi 2003 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda 135 ta bitimda ko‘rib chiqilayotgan mablag‘ o‘tkazilgan degan xulosaga keldi.