Internetda yangi "Everton" stadionining suv bosgan tribunalari aks etgan video paydo bo‘ldi.
Klub "Gudison Park"da 1892 yildan beri o‘ynab kelmoqda, ammo kelgusi yilning yozida 52 888 sig‘imga mo‘ljallangan yangi inshootga ko‘chib o‘tmoqchi.
Yangi stadionda bu holat ikki oy ichida ikkinchi marta yuzaga kelgan. Oldinroq klub stadionda ichki drenaj hali o‘rnatilmaganini tushuntirgandi.