Angliya Premyer-ligasi chempionat o‘yinlari translyasiyasini qanday yaxshilash haqida o‘ylamoqda. "Daily Mail" o‘z sahifalarida xabar berishicha, Premyer-liga uchta yangi tashabbusni joriy qilishni rejalashtirmoqda: almashtirilgan futbolchilar bilan intervyu; o‘yinlardagi tanaffus paytida futbolchi yoki murabbiy bilan suhbat; kiyim almashtirish xonalaridan translyasiyalar.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» so‘nggi to‘rt mavsumning barchasida Angliya chempioniga aylangan. Hozirda «Liverpul» turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan yetti turda mersisaydliklar 18 ochko (6 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat) qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.