"Barselona" vingeri Rafinya boshqa davlatdan katta taklif olishi mumkin. Goal portalining Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, "Al-Ittihod" Rafinyani o‘z safida ko‘rmoqchi. Saudiya klubi braziliyalikni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirishga tayyor.
Rafinya mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Braziliyalik futbolchi 21 uchrashuvda 16 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma berdi. Biroq, "blaugrana" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli braziliyalikni sotish haqida o‘ylashi mumkin.