"Bavariya" direktori Kristof Froynd klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qur’a tashlash marosimi natijalari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu juda hayajonli. Bu yangi format, yangi nomlar ko‘p va bizda hali ko‘p ma’lumotlar yo‘q. Biz hali jamoalarning kuchiga 100% ishonchimiz komil emas.
Bu ajoyib guruh. "Bavariya" va "Boka" futboldagi ikkita ajoyib klub. "Oklend" guruhning eng ekzotik jamoasidir. “Benfika”ga qarshi yaqindagina o‘ynadik, ularni juda yaxshi bilamiz", dedi Kristof.