"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu klub muxlislarining noroziligi haqida gapirdi.
“Bornmut”ga (0:1) qarshi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng, murabbiyga muxlislar noroziligini yashirmay, avstraliyalikni qo‘pollik bilan haqoratlashdi.
"O‘ylaymanki, men bu yerda bu haqda gapira olmayman. Menda bu borada hech qanday muammo yo‘q. Menga aytilgan gaplar yoqmadi, chunki men odamman, lekin siz bunday holatlarda murosa yo‘lini izlashingiz kerak", - dedi Postekoglu.