"Real Madrid" va "Valensiya" o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv avval belgilanganidek, 2 yanvar kuni bo‘lib o‘tmasligi mumkin.
Uchrashuv noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi - keyin suv toshqini tufayli qoldirildi. Yaqinda o‘yinning yangi sanasi aniqlangandi - 2 yanvar.
Ispaniya matbuotiga ko‘ra, hozircha bu qaror rasman tasdiqlanmagan. "Real Madrid" 2 yanvar kuni o‘ynashni istamaydi, chunki bu kun bayram sifatida belgilangan.