Madridning “Real” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shildi.
“Qizillar” rahbariyati haligacha misrlik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi. Salohning o‘zi kelajagi haqida gapirar ekan, joriy mavsum uning "Liverpul"dagi oxirgisi bo‘lishi mumkinligini bir necha bor ta’kidladi.
"Real" Salohni 2025 yilning yozida sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. "Los Blankos" agar hujumchi "Liverpul" bilan kelishuvga erisha olmasa, uni o‘z safiga tortishga harakat qiladi.