«Yuventus» Fransishku Konseysauni «Portu»dan 30 million yevroga sotib olishga tayyor.
«La Gazette Dello Sport» xabariga ko‘ra, «byankoneri»lar klubda ijara asosida o‘ynayotgan yarim himoyachini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Ijara shartnomasi doirasida italiyaliklar 3+7 million yevro to‘lashdi.
«A Bola», o‘z navbatida, hozircha hech qanday muzokaralar olib borilmayotgani, «Yuventus» ham, futbolchining agentlari ham «Portu» bilan hali bog‘lanishmaganini xabar qiladi.
Joriy mavsumda Konseysau 13 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 8 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.