«FourFourTwo» dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilarining yangi reytingini e’lon qildi.
Aniqlik kiritilishicha, portal mutaxassislari 4-3-3, 4-2-3-1 yoki boshqa tarkibda o‘ynashidan qat’i nazar, «umuman pleymeykerlar va o‘nliklar deyish mumkin bo‘lgan futbolchilar» orasidan tanlab olingan.
Markazda harakat qiladigan, lekin birinchi navbatda hujumni boshqarishga chaqirilgan yarim himoyachilar baholandi.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
10. Antuan Grizmann («Atletiko»);
9. Dani Olmo («Barselona»);
8. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»);
7. Fil Foden («Manchester Siti»);
6. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
5. Florian Virts («Bayer»);
4. Martin Edegor («Arsenal»);
3. Koul Palmer («Chelsi»);
2. Jamol Musiala («Bavariya»);
1. Jud Bellingem («Real»).