"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoaning ancha oldin sodir bo‘lgan g‘alabasiz seriyasi haqida gapirdi.
"Shaharliklar" ketma-ket yettita o‘yinda g‘alaba qozona olishmadi, bu Pep Gvardiolaning klubdagi butun faoliyati davomida hech qachon bo‘lmagan.
Angliyaning amaldagi chempionlari yettita holatdan oltitasida raqiblariga yutqazgan, bir marta durang qayd etgan va kecha nihoyat g‘alaba qozondi.
Men hech qachon bunday nohush seriyani boshdan kechirmaganman. Avvallari Bundesliganing pley-off bosqichiga yaqin bu kabi og‘ir o‘yinlarni o‘tkazganman.
Bu chindan ham tomoqqa pichoq urgandek tuyuladi", dedi Gyundagan.