Duglas Luis "Yuventus"da qolib, jamoadagi o‘z o‘rni uchun kurashmoqchi.
Avvalroq, yozda “Aston Villa”dan 50 million yevroga sotib olingan 26 yoshli braziliyalik futbolchi klubdan norozi ekanini bildirgandi. Yanvarda klubni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Calciomercato.com nashrlarining xabar berishicha, yarim himoyachi qolmoqchi va Tyago Motta boshchiligida jamoada joy uchun kurashmoqchi.
Qayd etilishicha, Duglas Luis endi jarohat olgan va 7 dekabr kuni A Seriyaning 15-turi doirasidagi "Bolonya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi “Yuventus” safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi.