"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh haqida gapirdi.
"Yangi murabbiy kelganida hammani iymon birlashtiradi. Hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p va bugun biz uchun katta sinov bo‘ladi.
Sardorlik bog‘ichi? Albatta, sen “Manchester Yunayted”da o‘ynasang, doim mas’uliyatni his qilasan. Bu klub doimo e’tiborni o‘ziga qaratib kelgan, men buni yaxshi bilaman.
Men “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan barchaga yordam berishga qo‘limdan kelganicha harakat qilaman va yangi murabbiy qo‘l ostida ham jamoadoshlarimga yordam berishda davom etaman", - deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi Amazon Prime.