"Manchester Siti" barcha musobaqalarda g‘alaba qozonmay muxlislarning hafsalasini pir qilayotgan edi (ettita o‘yindan iborat seriya).
Chorshanba oqshomida Pep Gvardiola shogirdlari “Nottingem Forest”ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.
O‘yindan so‘ng "shaharliklar" ustozi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz g‘alaba qozondik. Hammasi shu. Bugun yaxshi kun o‘tdi.
O‘tmishda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng biz hakamning so‘nggi hushtagi chalinguncha tinchlanmadik", - dedi Gvardiola.