«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen yanvar oyida klubini o‘zgartirish ehtimoli bor.
Xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli daniyalik futbolchini «Yuventus» diqqat bilan kuzatib bormoqda. Turinliklar aynan Kristensen himoyadagi muammolarga yechim bo‘la olishi mumkin deb hisoblaydi.
Andreas joriy mavsumda jarohat sabab bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. U yanvar oyida safga qaytishi kutilmoqda.