"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Nottingem Forest"ga qarshi APL 14-tur uchrashuvida jamoa yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening o‘yiniga baho berdi.
Belgiyalik futbolchi oxirgi uchrashuvda gol urdi.
"Kevin ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U ayniqsa birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi. Biroq tanaffusdan keyin ham muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi.
De Bryuynening borligi jamoa futboliga ijobiy ta’sir qiladi. Men buni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelaman", - dedi ispaniyalik murabbiy.