"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau "Liverpul" bilan o‘yin (3:3) natijalarini sarhisob qildi.
"Men mamnunman. "Liverpul" futbolchilarining saviyasini hisobga olsak, bizda qiyinchiliklar bo‘lishi kerak edi va shunday bo‘ldi ham.
Qaytib hisobni tenglashtirganimizdan xursandman. Albatta, yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, yakunda uchta gol urdik.
Men o‘z jamoam bilan faxrlanaman, biz maydonga chiqdik va ular bilan kurashdik, bu bizning mavsumdagi eng yaxshi natijamiz", - deya "Nyukasl" bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Amazon Prime.