"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xansi Flikning tayinlanishi haqida gapirdi.
"Jamoaga kelganimda Flik bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylagandim, lekin u Germaniya terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi va men uning Germaniya terma jamoasi oldidagi majburiyatini buzishni xohlamadim. Uning uchun ishlari juda yaxshi ketmoqda, nemis maktabidan ajoyib murabbiylar yetishib chiqqan", - dedi kataloniyaliklar prezidenti.