"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda himoyachilar Natan Ake va Manuel Akanji olgan jarohatlar haqidagi savolga javob berdi.
"Natan unchalik yaxshi emas, uning jarohati haqida ertaga batafsil bilib olamiz. U o‘yinni yakunlay olmadi, uch kundan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Albatta, Ake uchun qayg‘urayapman. Akanjiga kelsak, u Turinda o‘ynashi mumkin, Ake ko‘proq o‘yinni o‘tkazib yuboradi," - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport.