“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer klub futbolchilarining gollarda qatnashish rekordini yangiladi.
22 yoshli futbolchi “Sautgempton”ga qarshi bahsda (5:1) bitta gol urdi.
Endilikda "ko‘klar" yetakchisi Premyer-ligada 2024 yil boshidan buyon "gol+assist" tizimida 36 ochkoga ega.
Squawka xabariga ko‘ra, bu klub o‘yinchilari orasida bir kalendar yili davomida gollarda qatnashish bo‘yicha rekordning takroridir.
Ilgari yagona rekordchi Jimmi Floyd Xasselbaynk edi, u 2001 yilda xuddi shunday ko‘rsatkichga erishgan.
Koul Palmer "Chelsi"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. APLning joriy mavsumida hujumkor yarim himoyachi 14 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.