"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Nottingem Forest"ga (3:0) qarshi bahsda Jek Grilishning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Grilish maydonning markazida juda yaxshi o‘ynadi. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda uni yana shu o‘ringa qo‘yishga qaror qilsam, u asosiy rol o‘ynaydi va gollarga assistentlik qiladi.
Ammo bugun u bizga kerakli narsani berdi. Bizning futbol har doim yarim himoya kuchiga asoslangan - va Jek kerakli tezlik va nazoratni ta’minlab beradi.
Men u uchun juda xursandman. Grilishning markazda o‘ynash qobiliyatiga shubha qilmayman, uning fazilatlarini bilaman.
Unda himoyaviy yarim himoyachi sifatida o‘ynash uchun hamma narsa yetarli. U to‘pni qanday ushlab turishni, chiziqlarni yorib o‘tishni biladi, u yetarlicha xotirjamlikka ega", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.