Londonning «Chelsi» klubi APL doirasidagi bahsda «Sautgempton»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:1).
«Ko‘klar» 34-daqiqagacha «avliyolar» darvozasiga uch marta to‘p kiritishdi, oradan ko‘p o‘tmay maydon egalari ozchilikda qolishdi. Enso Mareska shogirdlari vaziyatdan unumli foydalanib, ikkinchi bo‘limda yana ikki bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishdi.
Biroq, bundan ham ko‘proq gol bo‘lishi mumkin edi: «Opta» ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» mehmon jamoalar uchun Premyer-liga o‘yinida xG (kutilayotgan gollar) bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 5,29. Ma’lumotlar yig‘ish 2008/09 yilgi mavsumdan boshlab amalga oshirilmoqda.
«Chelsi» joriy Angliya chempionatida 14 turdan keyin 31 ta gol urdi - bu ligadagi barcha jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich.