Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Malyorka" bilan uchrashuvdan keyin (5:1) jamoaning 17 yoshli hujumchisi Lamin Yamal haqida gapirdi. Bu o‘yinda futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.
"Yamal biz uchun doim muhim bo‘lgan, oxirgi o‘yinda u buni tasdiqlagan. Lamin jamoaning o‘yinini o‘zgartiradi. Unda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo golsiz ham u yaxshi o‘yin o‘tkazdi", - dedi nemis mutaxassisi.